51-yildan-beri-yonayotgan-gaz-krateri-yopiladi

51 yildan beri yonayotgan gaz krateri yopiladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “do‘zax eshiklari”ni yopish yuzasidan ko'rsatma berdi

10 Ocak 2022 10:50

Turkmanistonda 51 yildan beri yonayotgan joy bor. “Jahannam darvozasi”, “Qoraqum krateri”, “Qoraqum olovi”, “Qoraqum cho‘li yulduzi” deb nom olgan bu krater  Turkmanistondagi Qoraqum cho‘lining qoq markazida joylashgan.

 

"Do'zax eshiklari" geologlar tomonidan tasodifan topilgan

 

1971 yilda burg'ulash paytida sovet geologlari yer osti bo'shlig'ini topdilar. Tuproq shunchalik bo'shashgan ediki, u qulab tushdi va o’zidan keyin katta diametrli chuqurni qoldirdi.

Olimlar zaharli gazlar chiqmasligi uchun hududni yoqishga qaror qilishdi. Geologlar yong‘in bir necha kun ichida o‘chiriladi, deb o‘ylashgan, ammo olov 51 yildan beri yonib kelmoqda.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Do‘zax darvozalari” deb nomlanuvchi 51 yillik gaz kraterini yopish yuzasidan ko'rsatma berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz krateridan ajralib chiqadigan gaz atrof-muhit va yaqin atrofda yashovchi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Yangiliklar