30 Mart 2021 09:50
Mashhur faylasuf, matematik, musiqa nazariyotchisi va mutafakkir Al-Farobiyning tug'ilgan joyi bo'lgan O'tror shahri Sirdaryoning o'rta oqimida joylashgan. (miloddan avvalgi I asr – milodiy XVI asr). Shuningdek ushbu shahar Turarband, Tarband, Oʻtrortepa kabi nomlar bilan ham atalgan.
Mo’g’ullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri boʻlgan. Chingizxon 1218 yilda O'trorni ishg’ol etdi va O'rta Osiyoning boshqa qismlarini ham bosib oldi.
O'tror 1998 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Tarixiy shaharda arxeologik qazish ishlari davom etmoqda
Arxeolog Serik Oqilbekning so'zlariga ko'ra, O'trorda arxeologik qazish ishlari XIX asr oxirida boshlangan. Qidiruv va qazish ishlari 1969 yildan beri muntazam ravishda olib borilmoqda. Ko'p yillik qazuv jarayoni natijasida shaharning asl shakli tiklandi. Masjidlar, madrasalar, hammom va jamoat binolarining qoldiqlari ham topilgan.
Ajablanadigan topilmalar
Qazish ishlari natijasida kanalizatsiya tizimi aniqlandi. Demak, O'trar X asrda rivojlangan shahar bo'lgan.
Qazish ishlari natijasida oltin parfyum qutilari, shaxmat donalari va ko'plab oltin tanga topildi. Topilmalar orasida san’atkorlar tomonidan ishlatiladigan yuz maskalarining mavjudligi esa barchani lol qoldirdi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, yuz maskalari, o'sha paytda O'trorda turli xil konsertlar va teatrlashtirilgan tomoshalar bo'lganligini ko’rsatadi.
THKA ko'magi
O'tror Turkistondan 57 kilometr uzoqlikda joylashgan. THKA (Turk Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi) ko'magi bilan shaharning ichki qal'asiga kirish tiklandi.