22 Temmuz 2022 14:28
Jahon me’morchiligi tarixida betakror asarlari bilan iz qoldirgan Me’mar Sinon vafotining 434 yilligi munosabati bilan yod etilmoqda.
Me’mor Sinon 1490 yilda Kayserining Ag’irnas qishlog‘ida tug‘ilgan.
U Sulton Sulaymon, Sulton Salim II va Sulton Murot III davrlarida 49 yil davomida bosh meʼmor boʻlib xizmat qilgan.
Tarixdagi eng mashhur me'morlaridan biri bo'lgan Me’mor Sinonning 500 yillik obidalari hali-hanuz saqlanib qolgan bo’hunarmandchilik, me'morchilik va muhandislik nuqtai nazaridan o’ziga xos uslubga ega.
Me’mor Sinon o'z kasbida bosib o'tgan bosqichlarni uchta buyuk asar bilan belgilab berdi:
U qurilishi 1548-yilda tugatgan Shahzoda masjidini “talabaning ishi”;
1557-yilda tugatgan Sulaymoniya masjidini “shogird ishi”;
va 1575-yilda ibodat uchun ochilgan Selimiya masjidini "ustozning ishi" deb baholagan.
Shahzoda masjidi Sulton Sulaymonning buyrug‘i bilan uning 22 yoshida vafot etgan o‘g‘li Mehmet sharafiga qurilgan.
Shehzoda masjidining katta tashqi hovlisi 6 ta darvoza bilan qurilgan boʻlsa-da, darvoza devorining ikki tomonida ikkita balkonli qoʻshaloq minoralar binoning eng diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi.
Majmua sifatida qurilgan masjidda madrasa va maqbaralar ham mavjud.
1551-1557 yillarda Qonuniy Sulaymon tomonidan qurdirilgan Sulaymoniya masjidi balandligi 53 metr, diametri 27,5 metr bo'lgan gumbazga ega. Sulaymoniya masjidi 15 boʻlimdan iborat. Mimar
Edirne shahridagi Selimiya masjidi, Me’mor Sinonning “shoh asari” nafaqat turk-usmonli sanʼati, balki jahon meʼmorchiligi tarixining durdonalaridan biri sanaladi. Masjid Sulton Salim II buyrug‘i bilan qurilgan.