15 Ağustos 2022 10:42
Axaltaka ot zoti iqlimga moslashuvchanligi va chopqirligi bilan ajralib turadi.
Asosan, Turkmanistonda shuningdek, Rossiya, Qozogʻistonda, GFR va AQSHda ham axaltaka zoti boqiladi.
Yilqichilar asosan, poygaga chiquvchi otlarni 2 yoshidan alohida parvarish qilaboshlaydi.
Mazkur otlar 4 yoshga yetganda ayni kuchga to‘ladi va katta otlar bilan ham bellasha oladi.
Ushbu otlar 8 yoshgacha turli musobaqalarda qatnashishi mumkin.
Uloq uchun esa esa otlar 4 yoshidan alohida parvarish etiladi.
Ular hatto 20 yoshda ham uloqda ishtirok etish kuchini saqlab qolishi mumkin.
Turkman otlari davlat uyushmasi Axaltaka otlarining naslini saqlab qolish, yetishtirish, ko’paytirish va chavandozlikni rivojlantirish faoliyatlarini yuritib kelmoqda.