05 Şubat 2022 14:25
Musulmonlar tomonidan muqaddas ekanligiga ishonilgan qator kunlar va kechalar mavjud.
Xalq orasida “Muqaddas uch oy” nomi bilan mashhur bo‘lgan Rajab, Shabon va Ramazon oylarining Rajab, Me’roj, Barot va Qadr kechalari musulmonlar uchun muhim kechalar hisoblanadi. Mavlid kechasi ham rabiul-avval oyining 11-dan 12-gacha bo'lgan kechadir.
Bu kunlarda musulmonlar ko‘plab ibodatlar, duolar, tavbalar qiladilar; ro‘za tutadilar va sadaqa beradilar.
Saljuqiylardan Usmonlilar imperiyasiga meros bo’lib qoldi
Muqaddas kechalarni nishonlash tarixi chuqurdir. Turklar saljuqiylar davridan beri muqaddas kechalarni nishonlaydilar.
Ba’zi manbalarga ko‘ra, Usmonli podshosi Salim II davrida muqaddas kechalarda masjidlar yoritilgan, minoralarida moy chiroqlar yoqilgan. Shuning uchun ham Onado’lida muqaddas kechalar “moy chiroq kechalari” deb ham ataladi.
Muqaddas kechalarda suv tarqatilgan
Usmonlilar davrida muqaddas kecha sharafiga shirinliklar tayyorlangan. Ushbu kunlarda ko‘chadan o‘tayotganlarga suv tarqatilgan.
Usmonlilar davrida xalqi qadr kechasi va Mavlid kechasiga alohida e’tibor qaratgan. Odamlar toza kiyim kiyib, ko'p vaqtlarini masjidda o'tkazgan.
Gunohlardan poklanish va muqaddas kechalar
Turkiya parlamentining Din ishlari bo‘yicha a’zosi Idris Bozkurtning aytishicha, muqaddas kechalar Islomda hurmat kechalari hisoblanadi.
“Uch muqaddas oyda musulmonlar boshqa oylarga qaraganda koʻproq ibodat, namoz va sadaqa bilan shugʻullanadi. Muborak oylarda gunohlardan forig’ bo’lishga ibodatlarni bajarish orqali erishiladi. Musulmonlar uchun muqaddas sanalgan Rajab, Me’roj, Barot va Qadr kechalari uch muborak kuzatiladi. Bu oylar kafforat oylaridir, shuning uchun ko’p ibodat qilish zarur”.
Muqaddas kechalarda nima qilish kerak?
Turkiya parlamentining Din ishlari bo‘yicha a’zosi Idris Bozkurt:
“Muqaddas kechalar islom dinida e’zozlangan kechalardir. Ushbu kechalarda Ollohu taolo bandalariga rahm-shafqat ko'rsatishiga, o'qilgan duo va tavbalarning qabul bo'lishiga ishoniladi.O‘sha kechalarni ko‘proq ibodat, duo va tavba qilinadi. Bu kechalarni behuda o'tkazmaslik kerak. Ya'ni, qazo namozlarini to'liq o'qish, Qur'oni karim o'qish, namoz o'qish, tavba qilish, sadaqa berish, musulmonlarni xursand qilish va bu ibodatlarning savoblarini vafot etgan musulmonlarga bag'ishlash kerak”,-deydi.
Rag’oyib kechasi
Rajab oyining birinchi jumaga o’tar kechasi Rag‘oyib kechasi deb ataladi. Rag‘oyib “kechirim so‘ramoq” degan ma’noni anglatadi. Rag'oyib kechasi muqaddas uch oyning xabarchisidir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bu muborak kechada quyidagicha duo qilgani rivoyat qilinadi.
"Allohim, bizlarga Rajab va Shabonni muborak qil va Ramazon oyiga yetkaz".
Me’roj kechasi
Rajab oyining 27- kechasi Me’roj kechasidir. Ushbu kunda mashhur me’roj voqeasi ro’y bergan.
Baroat kechasi
Sha'bon oyining 15-kechasidir. Qur'oni Karimning shu kuni yer yuziga yuborilgani rivoyat qilinadi. Baroat kechasi “Qutilish kechasi” degan ma’noni anglatadi.
"Qadr kechasi"
Bu muborak Ramazon oyidagi muqaddas kechadir.
Qur'onda Qadr kechasi quyidagicha ta'riflanadi:
“Biz uni Qadr kechasida nozil qildik. Qadr kechasining ma'nosini bilasizmi? Bu tun ming oydan afzaldir”.
Mavlid kechasi
Mavlid kechasi rabiul-avval oyining 12-kechasidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavallud topgan kechasidir.