kov-ota-gori-va-yerosti-koli

Kov Ota g'ori va yerosti ko'li

Kov ota maqbarasi Turkmanistondagi turistik makonlardan biridir

10 Temmuz 2021 18:54

Kov Ota - Turkmanistondagi qadimiy g'or. Arxeologik dalillarga ko'ra, g'orda 2000 yildan ortiq vaqt davomida odamlar yashagan.

G'orning uzunligi 230 metr, kengligi 57 metr va balandligi 20 metrni tashkil qiladi.

Ushbu g'orda taniqli Kov ota ko'li ham bo'lib, bu Markaziy Osiyodagi eng katta yer osti ko'lidir.

Ko'lning harorati 37 daraja. Ko'lning suvi shifobaxsh hisoblanadi, uning tarkibida yod, magniy, natriy, sulfat, alyuminiy, temir va boshqalar  mineral moddalar mavjud.

Kov Ota g'ori Turkmaniston poytaxti Ashxoboddan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Yangiliklar