markaziy-osiyo-davlatlari-va-xitoy-mintaqada-tinchlik-va-barqarorlik-yo-lida-ham

Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy mintaqada tinchlik va barqarorlik yo’lida hamkorlikni kengaytirmoqda

Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining 3-uchrashuvi”da mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash yo'lida hamkorlikni yanada kengaytirishga qaror qilindi.

09 Haziran 2022 11:35

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi mezbonlik qilgan yig‘ilishda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov, Tojikiston Transport vaziri Azim Ibrohim va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yi ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.

Yigʻilishda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy oʻrtasida xavfsizlik, transport va logistika, energetika, sanoat, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish, yashil iqtisodiyot, axborot sanoati, sogʻliqni saqlash, taʼlim, turizm, madaniyat va boshqa strategik sohalarni qamrab olgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Qozog‘iston vaziri M. Tileuberdi uchrashuvdan so‘ng bergan bayonotida, “Muloqot formatidagi uchrashuvimiz doirasida biz ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, uning salmoqli salohiyatini ochib berish va Markaziy Osiyo mintaqasini keng qamrovli hududga aylantirishdan manfaatdor ekanimizni yana bir bor tasdiqladik”,- dedi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang esa, oʻz mamlakati Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanini bildirdi.

Uchrashuvda oʻzaro hurmat, manfaat va yaxshi qoʻshnichilik doirasida Markaziy Osiyoning mustaqilligi, tinchligi va kelajagi yoʻlida mushtarak saʼy-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olganliklariga eʼtibor qaratgan Vang:

 “Koʻp yoʻnalishli hamkorlik kengayadi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yaratish imkoniyatlari ham kengayadi, tegishli moliyaviy mexanizm baholanadi va kelgusida milliy valyutalarda kelishuvlarga erishiladi”,-degan.

 

Yangiliklar