22 Temmuz 2022 16:18
Markazda joylashgan xattotlik, miniatyura, kulolchilik, nay, rubob ustaxonalarida kabi ustaxonalarda taniqli ustalar o‘z asarlarini yaratish bilan birga yosh san’at ixlosmandlariga bilim berib kelmoqda.
Eyupsulton tumani hokimi Deniz Keuken majmuada musiqa konsertlari, turli seminarlar o‘tkazilayotganini ma’lum qilib, ba’zi muammolar tufayli majmua uzoq vaqtdan foydalanishga topshirilmaganligini eslatdi.
"Mimar Sinanning mintaqadagi eng buyuk asarlaridan biri"
Majmua ichidagi xonalar rassomlar va hunarmandlarning ustaxonalariga aylantirilganiga e’tibor qaratgan Keuken:
“Bizning asosiy maqsadimiz hunarmandlarning nafaqat o‘z hunari bilan shug‘ullanishi, balki yosh san’atkorlarni tayyorlashdir”,-dedi.
Shuningdek, Keuken mazkur majmua Me’mor Sinonning mintaqadagi eng buyuk asarlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi.
Eyupsulton tuman hokimligi badiiy rahbari va miniatyurachi Leyla Kara Majmuada Eyupsulton tuman hokimligi Madaniyat bo'limi tomonidan uyushtirilgan ko'plab tadbirlarga mezbonlik qilganliklarini ta'kidlar ekan,
"Bu yerda ko'plab madaniy va ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.
Biz bu joyni madaniyat va san’at vakillari yig‘iladigan maskan sifatida loyihalashtirdik”,-deydi.