o-zbekiston-2026-yilda-46-jahon-shaxmat-olimpiadasi-ga-mezbonlik-qiladi

O‘zbekiston 2026-yilda “46-Jahon shaxmat Olimpiadasi”ga mezbonlik qiladi

46-Jahon shaxmat olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

09 Ağustos 2022 12:42

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullayev yozma bayonotida Hindistonning Chennay shahrida davom etayotgan “44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi” doirasida Butunjahon shaxmat federatsiyasi  kongressi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

Kongressda 2026-yilda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qiladigan davlatni aniqlash uchun ovoz berish oʻtkazilganini taʼkidlagan Saʼdullayev, Polsha va Zambiyani ortda qoldirgan Oʻzbekiston Jahon shaxmat olimpiadasi oʻtkaziladigan davlat deb topilganligini ma'lum qildi.

2024-yilda o‘tkaziladigan “45-Jahon shaxmat Olimpiadasi” esa Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.