26 Temmuz 2022 16:52
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vladimir Norov mezbonlik qilgan anjumanda Yevropa Ittifoqining maxsus vakillari, Angliya, Eron, Italiya, Ispaniya, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Tojikiston, Xitoy, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, AQSh, Yaponiya, Turkiya, Afgʻoniston, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, Afgʻonistondagi “Tolibon” hukumati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Emirxon Muttaki boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Turkiya nomidan anjumanda Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Osiyo Bosh direktori o’rinbosari Ufuk Gezer qatnashmoqda.
Konferensiya ochilishida soʻzga chiqqan V. Norov Afgʻonistondagi Tolibon hukumati oldiga qo'yilgan talablarni sanab oʻtdi.
U xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, muvaqqat hukumat tomonidan keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumatni barpo etish va ayollar huquqlarini taʼminlash masalasiga to'xtatildi.
Shuningdek V. Norov Afgʻonistondagi barcha aholi shu jumladan, diaspora vakilllarining ham ta'lim olishini zudlik bilan ta'minlash zarurligini aytgan.
U ushbu shartlarning bajarilishi afg'on xalqi uchun tinch kelajak kafolati ekanligini ta'kidladi.
Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch, mustaqil va farovon davlat sifatida rivojlanishi tarafdori ekanini taʼkidlagan Norov:
“Afgʻoniston mintaqa davlatlari va butun xalqaro hamjamiyat uchun xavf tugʻdirmasligi kerak”, - dedi.