o-zbekiston-va-qozog-iston-prezidentlari-uchun-qirg-izistonda-maxsus-madaniy-sa

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchun Qirg‘izistonda maxsus madaniy sayohat dasturi tashkil etildi.

Qozog‘iston Prezidenti Qosım Jo’mart To’qayev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchun Qirg‘iziston madaniyati va an’analarini tanituvchi maxsus madaniy sayohat dasturi tashkil etildi.

21 Temmuz 2022 11:28

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mezbonligida mamlakatning Cho‘lponota shahrida “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 4-maslahat uchrashuvi” o’tkazilmoqda.

Ushbu muhim tarixiy uchrashuv oldidan Qirg’izistonga tashrif buyurgan  O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchun Qirg‘izistonda maxsus madaniy sayohat dasturi tashkil etildi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari mamlakat gavhari bo‘lmish Issiqko‘l bo‘ylab kemada sayr qilishgan.

Shundan keyin esa uch davlat rahbari qirg‘iz madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi etnomajmua o‘tovida suhbat qurishgan.

Prezidentlarga qirg‘iz xalqining an’anaviy chodir uylari, kiyim-kechaklari, hunarmandchiligi, xalq og‘zaki ijodi, o‘yinlari, xalq qo‘shiqlari, turli ot musobaqalari, burgut va itlar bilan ov o‘yinlari, otda tajribali chavandozlar mahorati namoyish etildi.

Dastur Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi tomonidan tashkil etilgan.

 

Yangiliklar