o-zbekistonning-navoiy-viloyatidan-topilgan-qadimiy-qoya-rasmlari

O‘zbekistonning Navoiy viloyatidan topilgan qadimiy qoya rasmlari

Qoyalar hayvonlar va ov qilayotgan odamlarning rasmlari bilan bezatilgan

14 Kasım 2021 12:56

 

O‘zbekistonning Navoiy viloyatidan topilgan qadimiy qoya rasmlarida asosan ov qilayotgan hayvonlar va odamlarning tasviri joy olgan.

 Navoiydagi qoyatosh rasmlari O‘zbekistonning ko'hna tarixidan dalolat beradi.

Qoyatosh rasmlari 1958 yilda Navoiydan uncha uzoq boʻlmagan Sarmishsoy hududidan topilgan. 

 Olimlarning ta’kidlashicha, qadimgi odamlarning ilk manzilgohlari paleolit davrida aynan Sarmishsoy darasida paydo bo’lgan 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorlikda ushbu hududda  tadqiqot olib borilgan.

2018 yilda bu hudud  milliy bog'ga aylantirildi. Bu yer  ochiq osmon ostidagi muzeyga o'xshaydi.

Unda 10 000 dan ortiq qoyatosh tasvirlari mavjud. Ularning aksariyati bronza davriga tegishli.

 

Yangiliklar