30 Temmuz 2022 10:27
Hindistondan Qozog'istongacha, O'zbekistondan Nepalgacha bo'lgan keng geografik hududda tarqalgan ushbu taom O’zbekistonda to'y, bayram va marosimlarda dasturxon ko’rkidir.
Somsaning eng ko'p turi O'zbekistonda ekanligi ham aniq. Somsani o‘zbek xalqining faxri deyish mumkin. Mazali, xushbo‘y, issiq somsa o‘zbek dasturxonida alohida o‘rin tutadi. Somsaning o‘nlab turi mavjud.
Somsaning eng keng tarqalgan turini tayyorlash uchun esa, xamir uchun: 150 ml suv, 150 ml sut, 4 stakan un va ta'bingizga ko'ra tuz. İch masalliq uchun: 400 gramm qiyma go'sht, 2 piyoz, 3 osh qoshiq yog', tuz, ixtiyoriy ravishda murch.Xamir o'rtasida ishlatish uhcun esa 150 gramm eritilgan sariyog' zarur bo’ladi.
Piyozni mayda to'g'rab oling, uni boshqa ich masalliqlar bilan aralashtiring. Xamir qoring. Tayyorlangan xamirni 30 daqiqa dam oldiring. Xamirni ikki bo'lakka bo'ling va yoying. Eritilgan sariyog'ni yoyilgan xamirga surting. Ikki yoyilgan xamirni ustma-ust qo'ying va yana yog'lang. Keyin xamirlarni o'rang. Sovutgichda 25-35 daqiqaga qoldiring. Sovutgichdan olib, ikki barmoq kengligida kesib oling. Bu kichik xamir bo’laklarini yoying o'rtasiga ichki masalliqni qo’yib tuging. Siz somsaga xohlagan shaklingizni berishingiz mumkin, masalan, konvert yoki dumaloq, uchburchak shaklda tugish mumkin. Somsalarga tuxum sarig'ini surting va sedana seping. Taxminan 40-45 daqiqa davomida 180 darajada qizdirilgan pechda pishiring.