ozbek-milliy-taomi-palov

O'zbek milliy taomi-palov

O'zbek dasturxonining ko'rki-palovning 100dan ortiq turi bor

14 Eylül 2021 18:01

O'zbek palovi - Markaziy Osiyoning eng mashhur an'anaviy taomlaridan biridir. 2500 yillik tarixga ega. Palov YuNESKOning nomoddiy madaniy meroslar ro'yxatiga ham kiritilgan. 100dan ortiq turi mavjud bo'lgan palovning retsepti taniqli tibbiyot olimi Ibn Sino tomonidan yozilgan degan afsonalar ham mavjud. O'zbekistonda palov bilan bog'liq laparlar, she'rlar, maqollar va iboralar bor. Har yili O'zbekistonda "O'zbek palov festivali" o'tkaziladi. Unda mamlakatning turli hududaridan kelgan oshpazlar o'ziga xos palov tayyorlab tanlovda qatnashadilar. O'zbek palovining asosiy masalliqlari guruch, go'sht, yog', piyoz va sabzi hisoblanadi. Undagi ziravor va qo'shimcha masalliqlar esa mavsumdan-mavsumga va hududdan-hududga farq qiladi. O'zbekiston madaniyatida o'zbek palovi katta ahamiyatga ega. Aniqsa to'y va janaza kabi marosimlarda palov katta qozonlarda tayyorlanadi va xalqqa tarqatiladi. Ramazon va Qurbon hayitidan oldin, arafa kunlarizda ham aksariyat xonadonlarda palov tayyorlanib butun mahallaga tarqatiladi.

 

Yangiliklar