ozbekiston-davlat-turkiya-va-o-zbekiston-o-rtasida-diplomatik-munoso-zbekiston

O'zbekiston Davlat Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosO‘zbekiston Davlat simfonik orkestri 20 sentabr kuni Istanbulda konsert beradi

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri tomonidan konsert dasturi o'tkaziladi.

16 Eylül 2022 16:05

Konsert dasturi 20-sentabr kuni soat 20.30da Bahcheshehir madaniyat va san’at markazida bo‘lib o‘tadi.

Dastur Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri 2014-yilda mahalliy va xalqaro tanlovlarda sovrindor bo‘lgan yosh musiqachilar, iqtidorli talabalar va boshqa faol ishtirokchilardan tashkil topgan.

Ansamblni tashkil etish, dirijyorlik qilish va badiiy rahbarlikni birinchi bo‘lib Kamoliddin O‘rinboyev o‘z zimmasiga oldi.

Simfonik musiqadan tashqari orkestr repertuaridan turli mamlakatlarning mashhur, milliy va zamonaviy musiqalari joy olgan.

Shuningdek, orkestr yaponiyalik pianinochi va bastakor Keyko Matsui, britaniyalik skripkachi Vanessa Mey, germaniyalik baschi Rene Pape, rossiyalik pianinochi va bastakor Kirill Rixter, o‘zbek san’atkorlari, Italiya, Rossiya va Markaziy Osiyodan mashhur musiqachilar bilan hamkorlikda chiqish qilgan.

Yurtimiz va xorijda ko'plab konsertlar bergan orkestr 2018 yil noyabr, 2019 yil fevral va 2022 yil yanvar oylarida Quvaytga uchta gastrol safarini uyushtirdi.

Shundan so’ng Amer Jaafar asarlaridan iborat "Ipak yo'li" nomli birinchi albomini chiqardilar.

Joriy yilda ansambl koreys yakkaxonlari ishtirokida an’anaviy koreys operasini sahnalashtirishda ishtirok etgan.

Ansambl so‘nggi bir necha yil davomida saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun ham konsertlar uyushtirib kelmoqda.

Yangiliklar