31 Mart 2021 14:53
Farg'ona viloyati hokimiyati matbuot vakili Dilmurod Jumaboyev, Farg'ona aeroportidan "O'zbekiston havo yo'llari" milliy aviakompaniyasining samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 08.50 da Farg'ona-Istanbul reysini amalga oshirganligini ma’lum qildi.
Xuddi shu samolyot tushdan keyin Istanbul aeroportidan Farg'onaga uchishini aytgan Jumabaev, Farg'ona-Istanbul reysi haftada ikki marta amalga oshirilishini bildirdi.
Bundan tashqari, Jumabaev Farg'ona vodiysiga Turkiya bilan yo’lga qo’yilgan ushbu parvozlar tijorat va gumanitar aloqalarning o'sishiga hissa qo'shishini ta’kidlab o’tdi.
Jumabayev, shuningdek Turkish Airlines aviakompaniyasining ham tez orada Istanbul-Farg'ona-Istanbul reyslarini boshlashi kutilayotganini qo'shimcha qildi.
O'zbekiston havo yo'llari Urganch-Istanbul-Urganch reyslarini 28 martdan boshlagan edi.
Ayni paytda O'zbekiston havo yo'llari aviakompaniyasi har kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent reyslarini amalga oshirmoqda.