ozbekiston-prezidenti-sh-mirziyoyev-istanbuldagi-terakt-uchun-turkiyaga-hamdar

O'zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyev Istanbuldagi terakt uchun Turkiyaga hamdardlik bildirdi

O'zbekiston prezidenti Sh. Mirziyoyev Istanbuldagi terakt uchun Turkiya prezidenti R. T. Erdo'g'anga hamdardlik bildirdi

15 Kasım 2022 09:54

O‘zbekiston prezident devoni tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Sh. Mirziyoyev Istanbuldagi hujum oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va og‘ir tan jarohati olgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirgan.

Sh. Mirziyoyev terakt oqibatida halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlarning esa tezroq sogʻayib ketishini tilagan.

Yangiliklar