02 Ağustos 2022 17:59
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy komissiyasi tomonidan 25 iyun kuni e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, konstitutsiyaga ayrim o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi loyiha umumxalq muhokamasiga ochilib, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan fuqarolardan 120 mingga yaqin takliflar bildirilgan.
Ko‘plab takliflar tufayli 15 iyulda yakunlanishi kutilayotgan jamoatchilik muhokamasi muddati 1 avgustga qadar uzaytirilgan edi.
Muhokama davri tugadi
O‘zbekistonda 25 iyunda inson huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxs, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruvi, prezidentlik muddati 5 yildan 7 yilgacha uzaytirilishi, prezidentning ayrim vakolatlari parlamentga o‘tkazilishi, mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Muxtoriyati organlarining vakolatlari va ishonchli vakillari Respublika maqomi bilan bog‘liq moddalarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi ayrim takliflar jamoatchilik muhokamasiga ochilgan edi.