08 Mayıs 2021 17:05
Registon so'zi "qumli joy" degan ma'noni anglatadi. Registon maydonida huerda hukmdorlarning farmonlari o'qilgan, turli bayramlar va tadbirlar o'tkazilgan.
Ushbu me’moriy majmua Ulugʻbek, Tillaqori, va Sherdor madrasalaridan tashkil topgan. Madrasalarning devorlari koshinli bezaklarga ega, madrasa eshiklariga esa Qur'on oyatlari va suralari bitilgan.
Markaziy Osiyodagi me'morchilikning eng noyob namunalarini o'z ichiga olgan Registon maydoni 2001 yilda YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
Ulug'bek madrasasi
Majmuadagi birinchi madrasa bo'lgan Ulug’bek madrasasi 1417-1420 yillarda temuriylardan bo’lgan sulton va olim Ulug’bek tomonidan qurilgan. Ulug'bek madrasasi XV asrning eng nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo'lgan. Ushbu madrasa talabalari orasidan ko’plab olimlar va faylasuflar yetishib chiqqan.
Sherdor madrasasi
1619-1635 yillarda qurilgan Sherdar madrasasi Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa 2 qavatdan iborat. Madrasaning nomi kirish qismidagi oq ohuni quvayotgan sher tasviridan kelib chiqqan. Binoning rejalashtirilishi va bezaklarida Ulug’bek madrasasi asos qilib olingan. Ushbu madrasada, o’z davrida ilmi toliblar uchun ikkita qo'shimcha qishki o'quv zali ham barpo etilgan.
Tillaqori madrasasi
Ulug’bek va Sherdor madrasalarining o'rtasida joylashgan Tillaqori madrasasi 1646-1660 yillarda Yalangto’shbiy Bahodir tomonidan qurdirilgan. Ushbu obida bezaklarida ko’p miqdorda oltin qo’llanilganligi sababli bu madrasa “Tillaqori” ya’ni “tilladan ishlov berilgan” den nomlangan. “Tillaqoridan” nafaqat madrasa, balki markaziy jome’ masjidi sifatida ham foydalanilgan.
Bugungi kunda ham Registon maydonida festivallar, konsert dasturlari kabi turli tadbirlar o’tkazib kelinadi.