qirg-iziston-prezidenti-s-japarov-turkiy-davlat-xavfsizligi-xizmatlar-boshliqla

Qirg‘iziston prezidenti S. Japarov turkiy Davlat xavfsizligi Xizmatlar boshliqlarini qabul qildi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari (TURKON) 24-konferensiyasi delegatsiya rahbarlarini qabul qildi.

26 Temmuz 2022 11:43

S. Japarov Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan anjuman delegatsiyalari rahbarlarini qabul qilgan.

Yig‘ilishda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tasiyev, Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmatlari raisi Ali Nagiyev va Ozarbayjon Tashqi razvedka xizmati raisi o‘rinbosari Samir Ismoilov, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Ermek Sagimbayev, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan va O‘zbekiston Davlat xavfsizligi Xizmatlar boshlig'i Abdusalom Azizov ishtirok etdi.

S. Japarov mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi chuqur tarixiy aloqalar, ko‘p asrlik yaxshi qo‘shnichilik tajribasi, samarali hamkorlik turkiy tilli davlatlar maxsus xizmatlari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

S. Japarov mazkur konferensiyaning xavfsizlik sohasida hamkorlik va oʻzaro hamkorlik uchun muhim platformaga aylanganini taʼkidlagan.

Qirg'iziston Davlat rahbari Yaqin Sharq va Afg‘onistonda ba’zi davlatlar yaxlitligiga tahdid soluvchi va uzoqqa tarqalish xavfi bo‘lgan  terror faoliyatining avj olishi razvedka idoralarining bu masalaga alohida e’tibor qaratishini talab qilganiga diqqat qaratdi.

Yangi davr muammolarni hal qilish, chaqiriq va tahdidlarni yengish uchun yangicha yondashuvlarni talab qilayotganini takidlagan S. Japarov:

"Mana shu tahdidlarga qarshi kurashda sezilarli natijalarga erishish faqat izchil va tizimli ish, birgalikda va muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar bilan amalgaoshirilishi mumkin", - dedi.

Uchrashuvda ishtirok etayotgan davlatlarning maxsus xizmatlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik xavfsizlikni mustahkamlash va xalqaro terrorizm, radikalizm va boshqa global muammolarga qarshi samarali kurash olib borishga yordam berishiga ishonishini taʼkidlagan S. Japarov Qirgʻizistonning bu masalada samarali hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. 

TURKON 1998-yil 20-mayda Istanbulda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya maxsus xizmatlari tomonidan tashkil etilgan. O‘zbekiston esa TURKONga 2018-yilda a'zo bo'lgan.

Yangiliklar