qirg-iziston-va-tojikiston-hukumatlararo-komissiyalar-faoliyatini-faollashtirila

Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyalar faoliyatini faollashtiriladi

Qirgʻiziston va Tojikiston hukumatlararo hamkorlik va chegara boʻyicha komissiyalar faoliyatining faollashtirilish rejalashtirilmoqda.

22 Temmuz 2022 12:12

Qirg‘iziston Prezidentligi matbuot markazi tomonidan berilgan bayonotda, Prezident Sadir Japarov Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining to’rtinchi maslahatlashuv uchrashuvidan so‘ng Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashgani bildirildi.

Qirgʻiziston-Tojikiston ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi muhokama qilingan uchrashuvda Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi hukumatlararo hamkorlik va chegara boʻyicha komissiyalar faoliyatini faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Davlat rahbarlari ikki davlat va xalqlar oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida muntazam siyosiy muloqotni davom ettirish muhimligini taʼkidlagan.

Prezidentlar sharafiga konsert

Boshqa tomondan Cho‘lponotada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov sharafiga konsert dasturi uyushtirildi.

S. Japarov bu yerda so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari azaldan yonma-yon tinchlik va totuvlikda yashab kelganini ta’kidladi.

Maslahatlashuv uchrashuvi Markaziy Osiyo davlatlarining birligini namoyish etganini ta’kidlagan S. Japarov:

 "Yorqin va farovon kelajak mamlakatlarimizni mushtarak tarix, madaniy oʻxshashlik va maʼnaviy qadriyatlar bilan bogʻlaydi.

Biz oʻzaro hamkorlikni xalqimiz manfaati yoʻlida samarali rivojlantirishda davom etamiz",- dedi u.

Konsertda Markaziy Osiyo davlatlarining mashhur musiqiy kompozitsiyalari yangradi.

Yangiliklar