qirgiziston-poytaxti-bishkek-shahri-me-morchiligi-boglari-va-xiyobonlari-bila

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahri me’morchiligi, bog'lari va xiyobonlari bilan  ajralib turadi

Qirg'izistondagi xalqaro sayyohlik markazi bo'lgan Bishkek shahri turistik maskanlarga boy

01 Mayıs 2021 11:16

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahri me’morchiligi, bog'lari va xiyobonlari bilan  ajralib turadi.

Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi bo’lgan ushbu zamonaviy shahar aholisi 1 millionga yaqindir.

Hozirda to’rtta yirik tumandan tashkil topgan ushbu shaharning eng mashhur  maydoni Ala-Too maydonidir. Shaharning qoq markazida joylashgan Ala-Too maydonida yil davomida turli festivallar, ko'ngilochar dasturlar va konsertlar bo'lib o'tadi.

Bishkek markazida ko'plab muzeylar, galereyalar, do'konlar, bog'lar, gulzorlar, xiyobonlar, restoranlar va kafelar mavjud.

Ana shunday muzeylardan biri esa Qirg'iziston davlat tarixi muzeyidir.Muzey binosi oq marmardan qurilgan.

To‘qtogul Satilganov nomidagi Qirg‘iziston milliy filarmoniyasi esa Bishkekdagi eng mashhur me’moriy va musiqiy maskanlardan biridir.

Bishkek Qirg'izistonning madaniy markazi bo’lib, bu yerda ko’plab musiqiy va drama teatrlari, kutubxonalar va muzeylar joylashgan.

Qirg'izistondagi xalqaro sayyohlik markazi bo'lgan Bishkek turistik maskanlarga ham boy.

 

Yangiliklar