qirgizistonda-davlat-bayrogi-qabul-qilingan-kun-nishonlandi

Qirg'izistonda Davlat bayrog'i qabul qilingan kun nishonlandi

Qirg'izistonda 3 mart - Davlat bayrog'i qabul qilingan kun nishonlandi

03 Mart 2022 11:44

Mamlakat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan poytaxt Bishkekdagi "Ala-Too" maydonida o‘tkazilgan tantanali marosimda bayroq balandlikka ko‘tarildi.

Davlat madhiyasi bilan boshlangan marosimda nutq so'zlagan Prezident Sadir Japarov, xalqini Davlat bayrog'i kuni bilan tabrik etti.

Parlament 1992-yil 3-martda Qirgʻiziston Davlat bayrogʻini qabul qilgan va bu bayroq ilk bor 1992-yil 5-martda mustaqil Qirgʻizistonda balandlikka koʻtarilgan.

Qirg‘iziston bayrog‘i qizil rang, o‘rtada qirq nurli sariq quyoshdan iborat bo‘lib, qirg‘iz xalqi uchun en buyuk qadriyatlardan biri hisoblanadi.

Yangiliklar