qirgizistonda-markaziy-osiyo-davlat-rahbarlari-sharafiga-konsert-berildi

Qirg'izistonda Markaziy Osiyo Davlat rahbarlari sharafiga konsert berildi

Cho‘lponotada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov sharafiga konsert dasturi tashkil etildi.

22 Temmuz 2022 12:15

Cho‘lponotada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov sharafiga konsert dasturi uyushtirildi.

S. Japarov bu yerda so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqlari azaldan yonma-yon tinchlik va totuvlikda yashab kelganini ta’kidladi.

Maslahatlashuv uchrashuvi Markaziy Osiyo davlatlarining birligini namoyish etganini ta’kidlagan S. Japarov: "Yorqin va farovon kelajak mamlakatlarimizni mushtarak tarix, madaniy oʻxshashlik va maʼnaviy qadriyatlar bilan bogʻlaydi.Biz oʻzaro hamkorlikni xalqimiz manfaati yoʻlida samarali rivojlantirishda davom etamiz",- dedi.

Konsertda Markaziy Osiyo davlatlarining mashhur musiqiy kompozitsiyalari yangradi.

Yangiliklar

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.