qosim-shayx-maqbarasi

Qosim Shayx maqbarasi

Qosim Shayx maqbarasi Navoiy shahrida joylashgan

30 Temmuz 2022 14:55

Qosim-shayx Azizon  O'rta Osiyoning mashhur diniy va siyosiy arboblaridan biri bo’lib, Yassaviya so'fiylik tariqatining yetakchilaridan biri edi.

U Movarounnahrda o’sha davrda avj olgan hokimiyat uchun kurash davomida tinchlikparvar munosabati sababli xalq mehrini qozongan.

XVI asrning buyuk ma’naviy yetuk shayxlaridan biri bo‘lmish Karmanada yashagan.

16-asr maʼnaviy-siyosiy hayotida muhim oʻrin tutgan, oʻlka tasavvufining muhim namoyandalaridan biri boʻlgan Qosim Shayxning maʼnaviy Ahmad Yassaviy tariqatining targ'ibotchisi bo'lgan. 

Qosim Shayxning vafot yillari esa, taxminan, 1579 yildir.

Qosim Shayx vafotidan bir yil o‘tib Abdullaxon II qabrni ziyorat qilish uchun kelib, maqbara qurilishini boshlab yuboradi.

Keyinchalik uning qabri yoniga Qosim Shayxning izdoshlari dafn etilgan.

XVI asr oxirida qabr yonida masjid qurilgan.

SSSR davrida Qosim Shayx majmuasi boshqa meʼmoriy yodgorliklar va ziyoratgohlar singari qarovsiz  qolgan.

Majmuadagi ko‘plab tarixiy ashyolar yo‘qolgan, devorlari vayron bo‘lgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1999-2000 yillarda majmua qayta tiklandi.

Bugungi kunda Qosim Shayx  majmuasidan muzey sifatida foydalanilmoqda.

Yangiliklar