rossiya-ukraina-inqirozi-bugungi-vaziyat-qanday-qilib-yuzaga-keldi

Rossiya-Ukraina inqirozi-bugungi vaziyat qanday qilib yuzaga keldi?

Xalqaro hamjamiyat Ukraina-Rossiya chegarasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi vaziyat  qanday qilib bu darajaga yetib keldi?

22 Şubat 2022 17:05

Ukraina va Rossiya o'rtasidagi taranglik so'nggi yillarda Donbass mintaqasidagi inqiroz tufayli avjiga chiqdi.

Rossiyaning 2021-yilning oxirgi oylarida chegara hududiga 100 mingdan ortiq askar joylashtirgani haqidagi AQSh razvedka maʼlumotlari butun dunyoning diqqatini mintaqaga qaratgan.

Ogohlantirishlar, talab va tahdidlar Vashington-Moskva-Kiyev va Bryussel yo‘nalishida  davom etti.

Avvalroq Rossiya xavfsizlik kafolati sifatida AQSh va NATOga o‘z talablarini yetkazgan edi. Moskva NATOdan o'zining sharqiy chegarasida harbiy mavjudligini kamaytirishni talab qildi;

Rossiya  Ukraina va Gruziyaning NATOga qo‘shilmasligini talab qildi.

NATO esa Rossiya bunga qaror berish vakolatiga ega emasligini  ta'kidladi. Qo'shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi Moskva  hukumatini Ukraina bosib olingan taqdirda qattiq iqtisodiy sanksiyalarga duch kelishi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Biroq bu tahdidlarga  Rossiya e’tibor bermadi. NATO-Rossiya kengashi 2019-yildan beri ilk bor 2022-yil 12-yanvarda yig‘ildi.

NATO orqaga qadam tashlamadi, Rossiyaning xavfsizlik talablari qondirilmadi.

21 yanvar kuni Jenevada AQSh va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi. AQSh bir hafta ichida Rossiyaning xavfsizlik talablariga yozma javob berishini e'lon qilindi.

26 yanvarda Vashingtondan Moskvaga kelgan yozma javob Rossiyani yana qoniqtirmadi.

NATO qo'shni davlatlardagi qo'shinlari sonini oshirmoqda, Rossiya esa Ukraina chegarasida o'z harbiy kuchini oshirishga urinmoqda.

Qo’shma Shtatlar va Yevropa davlatlari Ukrainaga qurol-yarog’ yetkazib berishda davom etmoqda.

O'zaro harbiy amaliyotlar ham davom etmoqda.

Ayni vaqtda  qizg'in diplomatik muzokarlar ham olib borildi.

AQSh prezidenti Bayden, Fransiya prezidenti Makron, Germaniya kansleri Shols, Buyuk Britaniya bosh vaziri Jonson Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan ko‘plab yuzma-yuz uchrashuvlar va telefon muloqotlari o’tkazdi.

 Nizolar kuchaygach, AQSh va boshqa koʻplab davlatlar Ukrainadagi diplomatik xodimlarini toʻliq yoki qisman olib chiqib ketdi.

Yangiliklar