05 Aralık 2021 13:49
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida boʻlib oʻtgan Jahon sayyohlik tashkilotining 24-sammitida Oʻzbekiston va Portugaliya shaharlari nomzodi koʻrsatilgan ovoz berish jarayonida Samarqand “2023-yilning turizm poytaxti” deb topildi.
Sammitda O‘zbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Aziz Abduhakimov, "Samarqandda Jahon sayyohlik tashkilotining 25-sammiti boʻlib oʻtadi va sammitga mingdan ortiq mehmon keladi. Mehmonlar Samarqand bilan tanishadi. Bundan tashqari, mahalliy hunarmandlarning daromadlari ham yuqori boʻladi. Oliy darajadagi sammit jahon ommaviy axborot vositalarining ham kun tartibidan joy oladi va bu O‘zbekiston madaniyatining dunyoda tan olinishiga katta hissa qo‘shadi”,-dedi.
Infratuzilma yangilanmoqda, aeroport rekonstruksiya qilinmoqda
Turizm poytaxtiga aylanishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan Samarqandda shahar markazining infratuzilmasi ham yangilanmoqda.
Shaharda yangi sayyohlik obyektlari yaratilayotgan bir paytda aeroport ham qayta qurilmoqda. Shu sababli shaharga parvozlar vaqtincha to’xtatiladi.
2023 yilgi sammit
O‘zbekistonda 2014-yilda Jahon sayyohlik tashkiloti direktorlar kengashi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.
2023-yilda bo‘lib o‘tadigan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti sammiti tarixida birinchi bor O’zbekistonda bo‘ladi.