samarqanddagi-eng-mashhur-obidalardan-biri-gori-amir-maqbarasi

Samarqanddagi eng mashhur obidalardan biri Go'ri amir maqbarasi

Go'ri amir Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan

29 Mayıs 2021 13:51

Markaziy Osiyo meʼmorchiligining noyob asari sifatida eʼtirof etilgan Go'ri amir maqbarasi xalq orasida Amir Temur maqbarasi deb ham nomlanadi. Buning sababi esa sohibqiron Amir Temurning va temuriylar sulolasiga mansub kishilarning bu yerga dafn etilganligidir.

Mazkur maqbarasining qurilishi 1403-yilda boshlanib, 1424-yilgacha davom etgan. 

Maqbaraga Amir Temurdan tashqari uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umar-shayx, Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo, shuningdek,  nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulugʻbek va boshqa nufuzli shaxslar dafn etilgan.

Go’ri amir maqbarasi Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun qurdirilgan.  1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan safari vaqtida 29 yoshli Muhammad Sulton halok bo’lgach, u mana shu maqbaraga dafn etiladi.

Oradan ikki yil o’tib esa Amir Temur ham vafot etadi va temuriylar Amir Temurning vasiyatiga qaramay, uni Shahrisabz shahriga emas balki uning eng sevimli nabirasi yoniga, hozirgi Go’ri amir maqbarasida dafn etadilar.

Yangiliklar