19 Ağustos 2022 19:04
O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva mezbonligida bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan forumda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan 100 dan ortiq ayol ishtirok etdi.
Norboyeva forumning ochilishida soʻzlagan nutqida ShHT tashkil etilganidan buyon oʻtgan 21 yil davomida muhim ishlarni amalga oshirganini va bu jarayonda oʻzini samarali tashkilot sifatida namoyon etganini va ShHT mintaqada xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda ShHTga a’zo davlatlar hukumatlari, ayollar harakati va tashkilotlari tashabbuslari bilan tashkilot doirasida ayollarning hamkorlik imkoniyatlari kengayganini ta’kidlagan Norboyeva bu borada ShHTga a’zo davlatlar ayollar forumi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Norboyeva tashkilotga a’zo mamlakatlarda ayollarning teng huquqliligi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ayollarning ishtiroki ushbu mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, jamiyatni demokratlashtirish va barqarorligini ta’minlashning muhim sharti ekanini aytdi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ayollar huquqlarini himoya qilish va tenglikni ta’minlash borasida muhim ishlar amalga oshirilganini ta'kidlar ekan, mamlakatda gender tengligi masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini aytdi.
Norboyevaning taʼkidlashicha, bugungi kunda Oʻzbekiston parlamentidagi ayol deputatlar ulushi 33 foizni tashkil etadi va bu koʻrsatkich bilan mamlakatimiz dunyoda 45-oʻrinda turadi.
Forumda onlayn tarzda ishtirok etgan ShHT Bosh kotibi Chjan Ming tashkilotga aʼzo mamlakatlarda ayollar asosan sogʻliqni saqlash, taʼlim, qishloq xoʻjaligi va savdo sohalarida mehnat qilishini taʼkidladi.
Chjan Ming tashkilotga a'zo mamlakatlar parlamentlarida ayollar ulushi o'rtacha, 20 foiz, hukumatlarda esa 10 foiz ekanligini ta'kidladi.