shht-tashqi-ishlar-vazirligi-tashkiloti-ozbekistonda-otkazildi

ShHT Tashqi Ishlar Vazirligi Tashkiloti O'zbekistonda o'tkazildi

Tashqi Ishlar Vazirligi Tashkiloti O'zbekiston poytaxti Toshkentda o'tkazildi

30 Temmuz 2022 09:15

Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek, ShHT bosh kotibi va MATT ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirok etgan.

Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 2022 yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlik masalasi ham kun tartibidan joy oladi.

Anjumanda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Narov, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar, Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardariy va ShHT Bosh kotibi Chjan Min ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov ochib berdi.  U o'z maʼruzasida SHHT makonida barqarorlikni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

"So‘nggi voqealar SHHTning geografik markazi  bo‘lgan Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashning alohida ahamiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

Kuni kecha Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi natijalari mintaqa davlatlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotni taʼminlash maqsadida ishonchli hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qatʼiy qaror qilganidan dalolat beradi.

Shubha yo‘qki, Markaziy Osiyodagi ijobiy jarayonlar SHHT makonini barqarorlik, taraqqiyot, farovonlik va samarali hamkorlik mintaqasiga aylantirishga xizmat qiladi",-dedi u.

Vladimir Norov SHHT TIVK yig‘ilishidagi nutqi davomida tashkilot rivojlanishidagi yangi bosqich uning kengayishidagi ikkinchi to‘lqin boshlanishi bilan tarixda qolishini ta'kidladi.

"Eron Islom Respublikasining to‘laqonli aʼzo bo‘lishi yo‘lida erishilgan muvaffaqiyatni qayd etishni istar edim. Belarussiya Respublikasining arizasini o‘rganish jarayoni boshlandi. Misr, Saudiya Arabistoni va Qatarga SHHTning muloqot bo‘yicha sherik maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, Samarqand sammitida Bahrayn va Maldivga muloqot bo‘yicha sherik maqomini berishni boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish ham ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepalga SHHT huzurida kuzatuvchi maqomini berish masalasida konsolidatsiyalashgan yondoshuvlarni ishlab chiqishimiz ham kerak bo‘ladi",-dedi Vladimir Norov.

Tadbir doirasida tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sanoat, energetika, turizm, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlar ushbu sohalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlarini imzoladilar. 

15-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida ShHT Davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tishini eslatgan Norov, tashkilotga a’zo davlatlardan tashqari, kuzatuvchi davlat bo‘lgan Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston va mehmon sifatida taklif etilgan Turkmaniston prezidentlari ham ushbu sammitda ishtirok etishini ma'lum qildi.

2001-yil 15-iyunda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar qatoriga Xitoy, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Hindiston va Pokiston kiradi. Turkiya 2012 yilda tashkilotning dialog hamkoriga aylandi.

 

 

 

Yangiliklar