shonli-bolasog-un-shahri

Shonli Bolasog’un shahri

Bolasog’un shahrida qadim zamonlardan beri turkiyzabon xalqlar yashab kelgan.

08 Ağustos 2021 15:58

Bolasog’un oʻrta asrlardagi (VII  XIV) yirik shahardir. Bolasog’un haqida ma'lumot juda kam, shuning uchun uning aniq joylashuvi hozircha noma'lum. Biroq, taniqli tarixchi va olimlarning fikricha, shahar harobalari Qirg’izistonning Toʻqmoq shahrining janubiy gʻarbida joylashgan.

Mahmud Qoshg'ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy aşari "Divanu lug'atit turk" asarida ham  ushbu shaharga to’xtalib o’tilgan.

Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, Bolasog’un shahri qoraxoniylar va qora xitoylarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo'lgan.

Shahar qoraxoniylar hukmronligi davrida IX-X asrlarda gullab-yashnagan. Bu davrda shahar hunarmanchilik, savdo va madaniyatining markazi edi.

Buyuk ipak yo'li shahar orqali o'tdi, bu taraqqiyot va madaniyatga katta ta'sir ko'rsatdi.

Ma'lumki, qadimgi turk yozma yodgorliklaridan biri, turkiy adabiyotning nodir namunasi, "Qutadg’u bilig" muallifi, shoir, olim va mutafakkir Yusuf Xos Hojib ham XI asrda Bolasog’un shahrida tug'ilgan.

Shahar XIV asrdagi oʻzaro urushlar tufayli vayron boʻlgan.

Yangiliklar

TRT Avaz web sitesi çerez kullanmaktadır. Sitede gezinmeye devam ederek, çerez kullanımımızı kabul etmiş olursunuz.
Daha fazla bilgi için "Çerez Politikası" metnini okuyabilirsiniz.