tarixiy-ipak-yolida-joylashgan-samarqand-shahri-o-zining-2750-yillik-tarixi-dav

Tarixiy Ipak Yo'lida joylashgan Samarqand shahri o‘zining 2750 yillik tarixi davomida ko’plab madaniyatlar va sivilizatsiyalarning guvohi bo’ldi

YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan ushbu shahar, Turkiy va Islomiy sivilizatsiyaning ko'plab muhim tarixiy obidalari va asarlarini o’z ichiga oladi .

19 Eylül 2022 10:36

 Turkiy davlatlari davrida, xususan, Temuriylar davrida poytaxti boʻlib xizmat qilgan, Ipak yoʻlida joylashganligi tufayli oʻsha davrning muhim savdo markazlaridan biriga aylangan Samarqand bugungi kunda ham oʻzining bebaho obidalari bilan kishini lol qoldiradi.

Qadim Samarqand shahrining rasmiy markazi - Registon maydonidir. Ushbu me’moriy majmua Ulugʻbek, Tillaqori, va Sherdor madrasalaridan tashkil topgan. Markaziy Osiyodagi me'morchilikning eng noyob namunalarini o'z ichiga olgan Registon maydoni 2001 yilda YuNESKO tomonidan Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Majmuadagi birinchi madrasa bo'lgan Ulug’bek madrasasi 1417-1420 yillarda temuriylardan bo’lgan sulton va olim Ulug’bek tomonidan qurilgan. Ulug'bek madrasasi XV asrning eng nufuzli ta’lim dargohlaridan biri bo'lgan. Ushbu madrasa talabalari orasidan ko’plab olimlar va faylasuflar yetishib chiqqan.

1619-1635 yillarda qurilgan Sherdar madrasasi Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa 2 qavatdan iborat. Madrasaning nomi kirish qismidagi oq ohuni quvayotgan sher tasviridan kelib chiqqan. Binoning rejalashtirilishi va bezaklarida Ulug’bek madrasasi asos qilib olingan. Ushbu madrasada, o’z davrida ilmi toliblar uchun  ikkita qo'shimcha qishki o'quv zali ham barpo etilgan.

Ulug’bek va Sherdor madrasalarining o'rtasida joylashgan Tillaqori madrasasi 1646-1660 yillarda Yalangto’shbiy Bahodir tomonidan qurdirilgan. Ushbu obida bezaklarida ko’p miqdorda oltin qo’llanilganligi sababli bu madrasa “Tillaqori” ya’ni “tilladan ishlov berilgan” den nomlangan. “Tillaqoridan” nafaqat madrasa, balki markaziy jome’ masjidi sifatida ham foydalanilgan.

Bugungi kunda ham Registon maydonida festivallar, konsert  dasturlari kabi turli tadbirlar o’tkazib kelinadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan 2023-yil Jahon sayyohlik poytaxti deb e’lon qilingan Samarqandda

Amir Temur maqbarasi, Bibixonim va Xazrati Xizr masjidlari, Shohi Zinda me’moriy ansambli, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi, Samarqand tumanidagi Nodir devonbegi majmuasi, Xo’ja Ahror Valiy masjidi, Imom Al Buxoriy majmuasi kabi jami 1850dan ortiq moddiy-madaniy obida mavjud.

 

Yangiliklar