thma-tomonidan-ozbekistonda-turizm-talimi-dasturi-o-tqazildi

THMA tomonidan O'zbekistonda Turizm ta'limi dasturi o’tqazildi

O'quv dasturida dunyoning yetakchi davlatlaridagi va Turkiyadagi turizm ta'lim modeli haqida ma'lumot berildi.

15 Nisan 2021 11:21

Samarqandda Milliy Ta'lim vazirligi, O'zbekiston Turizm va sport vazirligi Ipakyo’li universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Turizm ta'limi dasturi oldidan o’tqazilgan tadbirda 130 nafar turizm mutaxassisi ishtirok etdi.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (THMA) tomonidan olib borilgan o'quv dasturida dunyoning yetakchi davlatlarida va Turkiyadagi turizm ta'lim modeli haqida ma'lumot berildi.

Turkiyalik mutaxassislar Turkiyadagi turizm menejmenti maktablarining dasturi, turizmning muqobil shakllari, turizm ta'limi sohasida masofaviy ta'lim amaliyoti, turar joy va sayohat xizmatlari kabi mavzular bo'yicha ma'lumot berdi.

Bir hafta davom etadigan o'quv dasturining yopilishida so'zga chiqqan O'zbekiston Turizm va sport vazirligi Ta'lim bo'limi boshlig'i Shuhrat Isaqulov THMA va turkiyalik mutaxassislarga mashg'ulotlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ipakyo’li universiteti prorektori Juliboy Eltazarov turk-o'zbek birodarligining tarixiy ildizlariga diqqat qaratdi va bugungi kunda Turkiyaning THMA tashkiloti orqali O'zbekistonni har bir sohada qo'llab-quvvatlab kelayotganligini aytdi.

Eltazarov har bir sohada Turkiya-O'zbekiston hamkorligini mustahkamlash tarafdori ekanliklarini bildirdi va Turkiyaga ta'lim sohasidagi ko'magi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Turkiya o'quv guruhi Kasb-hunar va texnik litseyi direktori Ersumer O'zbekistonlik mutaxassislarni ham qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta'kidlab, o'quv dasturiga bo'lgan qiziqishdan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Turkiyalik o'qituvchilar, shuningdek, Toshkent yaqinidagi Bo'stonliq turizm kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib, maktab ma'murlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlardan so'ng Bostanlik Turizm kasb-hunar maktabi va Antaliya Falez kasb-hunar va texnik Anado’lu o'rta maktabini bir-biriga qardosh maktablar deb e’lon qilish va ikki maktab o'rtasida talabalar amaliyotini joriy etish bo'yicha sa’y-harakatlar boshlandi.

Yangiliklar