turk-dunyosining-manaviy-va-madaniy-markazi-turkiston-shahri

Turk dunyosining ma'naviy va madaniy markazi-Turkiston shahri

Turkiston asrlar davomida Turk dunyosining ko'prigi vazifasini bajarib kelgan.

30 Temmuz 2022 11:10

Qozog‘istonning Turkiston shahri qariyb ikki ming yillik tarixga ega.

Turkiston nomi 16-asrda Qozoq xonligining poytaxti sifatida tarixiy yozuvlarda uchraydi.

Nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va madaniy ma’noda ham markaz sifatida qabul qilingan shahar bugun Janubiy Qozog‘istonda joylashgan.

Mintaqada topilgan tangalar va mis tangalar shaharning 16-asrdan beri muhim madaniy markaz  bo'lganini ko'rsatadi.
 
2018-yilda imzolangan farmon bilan bugungi kunda Turkistonning ahamiyati yanada oshdi.

Shunga ko‘ra Qozog‘istonda Turkiston viloyatini tashkil etish va viloyat markazini Turkiston shahriga ko‘chirishga qaror qilindi.

1991 yil 6 iyunda shaharda Turkiston davlat universiteti ochildi.

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiyaning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Sulaymon Demirelning 1992-yil 1-maydagi uchrashuvida bu universitetga “Xalqaro” maqomi berildi va uning nomi “Xo‘ja Axmad Yassaviy xalqaro turk-qozoq" universiteti deb o‘zgartirildi. 

Shunday qilib, Turkiya va Qozog‘istonning qo‘shma universiteti tashkil etildi.

 2018-2020-yillarda shaharda 257 ta obyekt, jumladan, “Karvonsaroy” turizm majmuasi va “Oltin Samruk” teatri qurildi.

Hazrati Sulton xalqaro aeroporti qurilishi 2020 yilda yakunlandi.

Shaharni jonlantirish, hududda iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida qator sog‘liqni saqlash, ta’lim, energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Turkistonning qozoqlar va butun turk dunyosining ma’naviy poytaxti sifatida qabul qilinishining eng muhim sabablaridan biri - Xo'ja Axmad Yassaviy  maqbarasidir.

Yangiliklar