turk-kengashi-yoshlar-va-sport-vazirlari-ozbekistonda-yigilish-otkazdi

Turk Kengashi Yoshlar va sport vazirlari O'zbekistonda yig'ilish o'tkazdi

O'zbekiston poytaxti Toshkentda Turkiy tilli mamlakatlar hamkorlik kengashi Yoshlar va sport vazirlarining V yig'ilishi bo'lib o'tdi.

21 Eylül 2021 11:00

Turk Kengashi Bosh kotibi Bag'dod Amreyev boshchiligida o'tgan yig'ilishda yoshlar va sport ishlari vaziri Mehmet Muharrem Kasapo’g’lu, Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Farid G'oyibov, Qozog'iston axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Aida Balayeva,  O'zbekiston yoshlar masalalari agentligi rahbari Alisher Sa`dullayev, Qirg'iziston Madaniyat, axborot, Sport va yoshlar siyosati vazirligi hamda Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi kuzatuvchilari, sport diplomatiyasi bosh direktori Istvan Igloi-Nagy ishtirok etdi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan M. Kasapo’g’lu sport borasida juda samarali va muvaffaqiyatli jarayonni ortda qoldirishganini aytdi. Turk dunyosi Olimpiada va Paralimpiya o'yinlarida juda muhim muvaffaqiyat va tajribalarga erishganini ta'kidlagan Kasapo’g’lu, bu tajriba va hamkorlik bilan 2024 yilgi Parij Olimpiadasi ham omadli kelishga ishonishini bildirdi.

Mehmet Muharrem Kasapo’g’lu: "Biz, Yosh tadbirkorlar forumi kabi ko'plab tadbirlarni uyushtirganimizdan faxrlanamiz. , Yoshlar platformasi, Yoshlar festivali, Yoshlar lageri, Yoshlar yetakchilari forumi mamlakatlarimiz  yoshlarini rag’batlantirishda katta ahamiyatga ega.Kelasi yilning aprel oyida Turkiyada birinchi Yoshlar almashish dasturini tashkil qilamiz”,-dedi.

Shuningdek u 2020 yilda birinchi marta "Turk dunyosi yosh ko'ngillilar guruhi" ni tuzish kun tartibiga qo’yilganligini eslatib o’tdi.

 

 "Biz Islom birdamlik o'yinlarini yuqori saviyada tashkil qilamiz"

M. Kasapo’g’lu, ular amalga oshirayotgan ko'p tomonlama va keng qamrovli yoshlar faoliyatidan tashqari, sport sohasida ham muhim tadbirlarni uyushtirganliklarini qayd etib, sportning birlashtiruvchi kuchi orqali umumiy tarix, sivilizatsiya va madaniy merosga ega bo'lgan davlatlarning aloqalari yana ham mustahkamlanishini ta’kidladi.

M. Kasapo’g'lu, 2022 yilda universitet sport o'yinlariga mezbonlik qiladigan Qozog'iston hamda yoshlar sohasida tashkil etiladigan tadbirlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

M. Kasapo’g'lu, Turkiy Kengashga a'zo va kuzatuvchi davlatlar hamda boshqa turkiyzabon mamlakatlar uchun Universitet sport o'yinlarida qatnashish imkoniyatini berish zarurligini aytdi.

Qirg'iziston Respublikasida boshlangan Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari xalqaro miqiyosda katta sport loyihasiga aylanib borayotganini ta'kidlagan M. Kasapo’g'lu, Jahon ko'chmanchilar o'yinlarining to'rtinchisi 2022 yilning kuzida Bursada bo'lib o'tishini bildirgan.

2022 yilda Koniyada bo'lib o'tadigan 5 -Islom Birdamlik O'yinlari uchun ham tayyorgarlik jarayoni davom etayotganligini qayd etgan M. Kasapo’g'lu, "Biz Islom birdamlik o'yinlarini yuqori saviyada tashkil qilamiz",-deb ta’kidladi.

Shuningdek, u Turk Kengashining Yoshlar va sportdan mas'ul vazirlarining navbatdagi 6 -yig'ilishi Turkiyada o'tkazilishini qo'shimcha qilgan.

 

 O‘zbekiston "Turk dunyosining yoshlir poytaxti" loyihasi haqida taklif kiritdi

Turk Kengashi Bosh kotibi B. Amreyev kelasi yili Turk kengashi doirasida o'tkaziladigan tadbirlar haqida ma'lumot berar ekan, Turkiya 4 -Jahon ko'chmanchilar o'yinlari va 6 -Turkiy kengash kabi turli tadbirlarga mezbonlik qilishini eslatdi va bu tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etilishiga ishonishini aytdi.

Shuningdek, B. Amreyev kelasi yili Qozog'istonda Universiada o'yinlarini, Ozarbayjonda esa  "Turk dunyosi" xalqaro yoshlar lagerini va Turkiy kengashning yosh rahbarlari forumini tashkil etishni rejalashtirayotganliklarini bildirdi.

Yangiliklar