turkiy-davlatlari-tashkiloti-9-sammiti-deklaratsiyasini-elon-qildi

Turkiy Davlatlari Tashkiloti 9- sammiti deklaratsiyasini e'lon qildi

Turkiy Davlatlari Tashkiloti 9- sammitida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi TDT kuzatuvchi a'zosi deb belgilandi

14 Kasım 2022 12:43

Ma'lumki, Samarqandda Turkiy tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov hamda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etdi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi.

Jumladan, Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi ham imzolangan.

Sammitda Turkiya Prezidenti Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilinganini bildirgan.

Va buning uchun tashkilotga a’zo davlat rahbarlariga minnatdorlik bildirgan.

Xususan, Rajab Toyib Erdo‘g‘an:

“Biz Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tashkilotimizga kuzatuvchi davlat sifatida  qabul qildik.

Turkiy dunyoning ajralmas bir qismi bo‘lgan kiprlik birodarlarimizning yolg‘iz emasligini yana bir bor ko’rsatdik.

Ushbu birdamlikni qo’llab quvvtalaganingiz uchun siz-aziz birodarlarimga minnatdorlik bildiraman”, degan.

Ma'lumot uchun, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi faqat Turkiya tomonidan tan olingan davlat.

Kipr Respublikasi va BMT esa SHKTRni bosqinchi kuch deb hisoblaydi.

SHKTR  Islom Hamkorlik Tashkilotiga kuzatuvchi sifatida a’zo bo'lgan.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi aholisi taxminan 294 906 kishi bo‘lib, 3355 km² maydonga ega.

 Aholining yirik qismini  turklar tashkil etadi.

Shimoliy Kipr Respublikasi poytaxti Nikosiya shahridir.

Yangiliklar