22 Ağustos 2022 09:24
Turkiyaning YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kirgan tarixiy uylari bilan mashhur tumani-Safranbo’luda 5-sentabrgacha davom etadigan mazkur tadbirda Turkiy tilli davlatlardan 23 rassom ishtirok etmoqda.
TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, shahar hokimi Elif Kose va Ozarbayjon Respublikasi TURKSOY vakili va mazkur loyiha koordinatori Elchin Gafarli tarixiy bozor va hidirlik tepaligida ijod qilayotgan rassomlarni bilan uchrashdi.
TURKSOY Bosh kotibi S. Rayev matbuot xodimlariga har yili Rassomlar uchrashuvi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Tadbirga Turk dunyosidan rassomlar taklif etilganini ifoda etgan S. Rayev:
"YUNESKOning Jahon merosi ro'yxatida bo'lgan Safranbo’luda bu yil 22-marotaba ushbu tadbirni tashkil qildik.
Safranbo’lu go'zalligi rassomlar uchun ajoyib ilhom manbaidir",-dedi.
Safranbo’lu hokimiyati bilan bu yerda yangi tadbirlar oʻtkazishni koʻrib chiqayotganliklarini ifoda etgan S. Rayev:
“Safranbolu YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatida ekanligini hisobga olib, bu yerda YUNESKOga aʼzo boʻlgan shaharlar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz",-dedi.
E. Kose, Safranbo’luda TURKSOYga a'zo 21 davlatdan kelgan san'atkorlar mehmon bo’lib turganini qayd etdi.