turkiya-ozbekistonga-20-mingta-turkcha-kitob-yubordi

Turkiya O'zbekistonga 20 mingta turkcha kitob yubordi

Turkiya Bilim va Adabiyot asarlari, kasb-hunar ittifoqi O'zbekistonga 20 mingta turkcha kitob yubordi

01 Ağustos 2022 18:56

Turkiya Bilim va Adabiyot asarlari (ILESAM)tomonidan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hissalari bilan uyushtirilgan loyiha doirasida 20 ming turkcha kitob Oʻzbekistondagi turli kutubxonalarga tarqatish uchun Toshkentga yuborildi.

Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar, ILESAM raisi Mehmet Nuri Parmaksiz, TIKA Toshkent dasturi koordinatori Jemalettin Tuney, shuningdek, ushbu kitoblar yetkazib beriladigan universitet rektorlari TIKA Toshkent dasturi koordinatori binosida boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etdi.

Elchi Bekar Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar har sohada kundan-kunga rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Madaniy aloqalar doimiy aloqalar uchun muhim ekanini ta’kidlagan Bekar:

“O’zbek qardoshlar bilan hamkorlikda turk madaniyati, tarixi, tili, adabiyoti va ilm-fanini yaxshiroq tushuntirish va o’rgatish maqsadida Turkiyadan olib kelingan 20 ming kitobni O’zbekiston muassasalari bilan baham ko’ramiz.

Ushbu  20 ming kitob  turk madaniyatini yanada targ'ib qilishga xizmat qiladi"-dedi.

Mehmet Nuri Parmaksiz O‘zbekistonda turk kitoblariga katta qiziqish ko‘rganliklarini, avvalroq 10 ming dona kitob sovg‘a qilganini va shu bois bu safar O‘zbekistonga 20 ming kitob olib kelganliklarini ta’kidladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Samarqand Buyuk Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti, Toshkent Sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston Jahon tillari universitetiga jami 20 ming kitob tarqatishlarini ta’kidlagan M.N Parmaksiz:

"Kioblar eng kuchli ko‘prikdir",-dedi.

U "Turk dunyosi kutubxonalariga kitob sovg'a qilish" loyihasi doirasida avval turli mamlakatlarga 100 mingdan ortiq kitob tarqatganliklarini eslatib, kelgusi yillarda ham bu loyihani davom ettirishlarini ta'kidladi.

Tuney esa  ILESAM tomonidan sovg'a qilingan kitoblarning O'zbekistonga yetkazilishini qo'llab-quvvatlaganliklarini va bunday keng qamrovli loyihani qo'llab-quvvatlashdan mamnun ekanliklarini bildirdi.

 

 

 

Yangiliklar