02 Ağustos 2022 17:57
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Turkiya-O‘zbekiston-Ozarbayjon” Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish Toshkentga qilgan tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashdi.
Matbuotga yopiq tarzda o‘tkazilgan uchrashuv oldidan Chavusho‘g‘li, bugun bo‘lib o‘tadigan Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston Tashqi ishlar, Savdo va Transport vazirlari yig‘ilishining ayniqsa qardosh davlatlar o‘rtasidagi savdo, logistika, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish jihatidan muhim ekanini ta’kidladi.
Chavusho‘g‘lu ushbu yig‘ilishning shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hamkorlik va do'stlik tamoyili bilan ham mos kelishini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, O‘zaro munosabatlarning oxirgi marotaba O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Oliy Darajali Strategik Hamkorlik kengashi yig‘ilishi bilan keng ko‘lamli strategik hamkorlik darajasiga olib chiqilganiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘li, bu doirada o‘zaro savdo hajmining tobora ortgani va uni 10 milliard dollarga yetkazish niyatida ekanliklarini ifoda etdi.
V. Norov esa O‘zbekiston va Turkiyaning strategik sherik ekaniga e’tibor qaratgan holda, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo, iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalar so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotganini qayd etdi.
V. Norov, munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani ikki tomonlama hamkorlikni yanada jadallashtirish va rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbekiston sobiq Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, 27-aprel kuni Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlangani bois Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov, Prezident tomonidan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.