21 Şubat 2021 14:25
Turkiyadan 10 va Ozarbayjondan 9 nafar o'qituvchi hamkorligida amalga oshirilayotgan "Qorabog'dan Edirnaga ko’ngil ko'prigi" loyihasi doirasida telekonferensiya o’tkazildi.
Ushbu uchrashuv mazkur loyihani tanitishga qaratilgan.
Loyiha doirasida Qorabog' va Edirnaning madaniy merosini tanishtirish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi birodarlikning ahamiyatini kelajak avlodlarga yetkazish maqsad qilingan.
Mazkur onlayn uchrashuvda Edirna milliy ta'lim direktori O’nder Arpaji, Viloyat madaniyat va turizm direktori Kamol Soyturk, ozarbayjonlik o'qituvchilar va har ikki mamlakatdan talabalar ishtirok etishdi.