turkiya-va-ozbekiston-siyosatshunoslari-ozaro-munosabatlarni-muhokama-qildi

Turkiya va O'zbekiston siyosatshunoslari o'zaro munosabatlarni muhokama qildi

Toshkentda Turkiya va O'zbekiston siyosatshunoslari o'zaro munosabatlarni muhokama qildi

13 Ekim 2022 15:52

Toshkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) hamda Anqarada joylashgan Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamg‘armasi (SETA) tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik va turkiyalik siyosiy ekspertlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan MOXI rektori Anvar Nasirov O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi davrda ikki davlat prezidentlarining tashabbuslari va siyosiy irodasi bilan eng yuqori darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Nasirov ushbu uchrashuv Turkiya va Oʻzbekiston tahlil markazlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yoʻlida muhim qadam boʻlganini, uchrashuv natijalari ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonishini taʼkidladi.

Uludag' universiteti xalqaro aloqalar bo'limi o'qituvchisi, SETA tadqiqotchisi Ferhat Princhchi Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar boshqa davlatlarga oʻrnak boʻlgani va buning ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, ikki davlat xalqlari oʻrtasidagi qardoshlik rishtalari, geosiyosiy voqeliklar va bu davlatlarning bu boradagi masʼuliyati bilan bogʻliqligini taʼkidladi.

 

Yangiliklar