turkman-ayollarining-milliy-liboslari

Turkman ayollarining milliy liboslari

Turkman milliy libosi va uning milliy xususiyatlari uzoq vaqt davomida, tabiiy iqlim sharoiti va ko'chmanchi turmush tarzi asosida shakllangan.

14 Ağustos 2021 11:57

Turkman ayollarining an'anaviy libosi ko'chmanchi hayotning barcha talablariga javob beradi. Ayollar kiyimlari asosan uzun va keng ko'ylaklardan iborat.

An'anaviy turkman kiyimlaridagi o’zgarishlar va bezaklar ushbu xalqning ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishini aks ettiradi.

Turkman ayollarining liboslari  yoshi va ijtimoiy mavqeiga qarab turli bezaklar bilan bezatilgan.

An'anaviy turkman kiyimlarida to'rtta asosiy rang ustunlik qiladi. Ular: qizil, qora, sariq va oqdir.

Masalan,  yosh qizlarning to'ylarda kiyadigan chiroyli liboslari qizil rangda bo’ladi.

Sabr, mahorat va qo'l mehnati bilan yaratiluvchi turkman milliy liboslari bugungi kungacha o'ziga xosligi va betakrorligi bilan ajralib turadi.

Yangiliklar