turkman-milliy-taomi-tograma

Turkman milliy taomi-to'g'rama

Ushbu taom odatda to'ylarda va Qurbon hayitida tayyorlanadi

21 Ağustos 2021 12:55

To'g'rama turkmanlarning milliy taomidir va maxsus bayramlarda, to'ylarda, ayniqsa Qurbon hayitida tayyorlanadi. Qurbon hayitida oilalar, qarindoshlar va qo'shnilar birgalikda bayram nishonlaydi va ovqatlanadi.

To'g'rama tayyorlash uchun  tandirda non pishiriladi va qozonda go'sht suyakdan chiqmaguncha qaynatiladi. 

Tandirda pishirilgan non esa go'sht tayyor bo'lgunga qadar mayda bo'laklarga bo'linadi. Keyin piyoz mayda to'g'raladi va tug'ralgan nonga qo'shiladi.

Pishgan go'shtlar ham mayda bo'laklarga bo'linadi. Tug'ralgan non, piyoz, go'sht yaxshilab aralashtiriladi. Tayyor taom likopcha yoki kosaga qo'yiladi ustiga bir cho'mich go'sht qaynatilgan suvdan qo'yib tortiq etiladi.

Yangiliklar