30-avgust-turkiya-galaba-kuni-munosabati-bilan-ozbekistonda-tadbir-tashkil-eti

30 avgust Turkiya G'alaba kuni munosabati bilan O'zbekistonda tadbir tashkil etildi

30 avgust Turkiya G'alaba kuni munosabati bilan O'zbekistonda tadbir tashkil etildi

31 Ağustos 2022 11:19

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi qarorgohida elchi Olgan Bekar tashabbusi bilan tashkil etilgan ziyofatda O‘zbekiston Mudofaa vaziri o‘rinbosari Alisher Narbayev, diplomatlar, xorijiy elchixonalar harbiy attashelari, Turkiyaning O’zbekistonda faoliyat yurituvchi  muassasa va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Ikki davlat madhiyalarining yangrashi bilan boshlangan marosimda O. Bekar, Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'anning 30 avgust kuniga bag’ishlangan  tabrigini o'qib eshittirdi.

Elchi Bekar marosimdagi nutqida Turk xalqi va armiyasi eng sharafli kurashni Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida Mustaqillik urushida ko’rsatganini ta’kidlab:

 “1919-yilda mashaqqatli kurash  ostida istiqlol mash’alasi yoqildi.

Qiyin sharoit va mahrumlik, qashshoqlik va imkonsizliklarga qaramay G‘ozi Mustafo Kamol boshchiligida 30 avgust kuni g‘alabaga erishildi”,-dedi u.

Bu g'alabaning siyosiy va ijtimoiy oqibatlari nuqtai nazaridan tarixni ham shakllantirganini ta'kidlagan O. Bekar:

“Turk millatining eng og’ir kunida, roppa-rosa bir asr avval O’zbekistondagi birodarlarimizning Onado’lidagi birodarlariga yetkazgan moddiy yordamlarini minnatdorchilik bilan yodga olamiz.

 

Yangiliklar